AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning qaysi hududlarida qor yog`ishi mumkinligi aytildi

'Ertaga O`zbekistonning qaysi hududlarida qor yog`ishi mumkinligi aytildi'ning rasmi

Joriy yilning 9 yanvar kuni O`zbekiston hududiga Volgabo`yi hududlaridan Rossiya Evropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda "O`zgidromet" markazi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, 9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tog` oldi va tog`li hududlarda qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. 9-10 yanvarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-15 yanvarda respublika bo`yicha anomal sovuq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg`ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.

Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. 

8-10 yanvarda O`zbekistonning tog`li hududlarida qor ko`chish havfi bor.

Shuningdek, Gidrometeorologiya markazi ertangi ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

Toshkent shahri 

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yog`ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik (yomg`ir yog`adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 4-6° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari

Havo o`zgarib turadi, qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman ushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5°sovuq bo`ladi

    Boshqa yangiliklar