AsosiyJamiyat

Navoiydagi "Dara" qishlog`ini turizm qishlog`iga aylantirish ishlari boshlandi

'Navoiydagi "Dara" qishlog`ini turizm qishlog`iga aylantirish ishlari boshlandi'ning rasmi

Navoiy viloyati, Nurota tumanida joylashgan "Dara" qishlog`i turizm qishlog`iga aylantirilmoqda. Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 19 sentyabr kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishining 68-sonli bayoniga asosan amalga oshirilmoqda.

Ayni damda Navoiy viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan qator ishlar qilinmoqda. Jumladan, “Dara” qishlog`ida 3 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta gastronomik xonadon, 2 ta qadimiy uy va qadimiy buyumlar saqlanuvchi uy muzeylari, shuningdek, 2 ta hunarmand (uy) ustaxonalari faoliyati yo`lga qo`yildi.

Shu bilan birga, mazkur mahallada qo`shimcha turizm turlari va xizmatlarini rivojlantirish maqsadida 2 ta sport va sayr xizmati, 3 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta savdo nuqtasi ham tashkil etildi.

Bundan tashqari, 2023–2024 yillarda "Dara" qishlog`ida 3 ta selfi hududi, 1 ta osma ko`prik, 2 ta avtoturargoh, 30 ta dam olish hududi va 2 ta hojatxona qurilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar