AsosiyJamiyat

Ertaga bog‘chalar ishlaydimi? Vazirlik oydinlik kiritdi

'Ertaga bog‘chalar ishlaydimi? Vazirlik oydinlik kiritdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 9 yanvar, dushanba kuni ham bog`chalardagi navbatdan tashqari ta`til kuniga qo`shib berilganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha ta`lim vazirligi masalaga oydinlik kiritdi. 

"O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-sonli yig`ilish bayonida maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun qo`shimcha ta`til kunlari 2023 yilning 10 yanvar kunidan boshlanishi aniq qilib belgilab qo`yilgan.

Shunday ekan 9 yanvar dushanba kuni Respublikamizning barcha turdagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari to`liq faoliyat olib borishi lozim ekanligini bildiramiz",–deyiladi vazirlik axborotida.

Shu bilan birga, DXSh va Oilaviy nodavlat MTTlari davlat MTTlari kabi ish faoliyatini davom ettirish tavsiya etiladi.  

Eslatib o`tamiz, davlat, DXSh va oilaviy NMTTlarning xodimlariga berilgan qo`shimcha ta`til kunlariga ish xaqqi to`lab beriladi.

    Boshqa yangiliklar