AsosiyJamiyat

9 yanvar kungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

'9 yanvar kungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi'ning rasmi

9 yanvar kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar