Qozog`istonning janubida -30 daraja, sharqida -43 darajagacha sovuq bo`lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda "Kazgidromet" xabar bergan.
Qozoq sinoptiklari kelayotgan uch kunlikda sovuq arktik antisiklon Qozog`istonning barcha hududlariga ta`sir etishini ma`lum qilgan.
Antisiklondan Qozog`istonning janubiy viloyatlarida (asosan, O`zbekiston bilan chegaradosh) -25 -30 darajagacha, sharqiy viloyatlarida -43 darajagacha sovuq haroratlar bo`lishi prognoz qilindi.
Sinoptiklar Rossiyaning uchta hududida ham g`ayritabiiy sovuqni bashorat qilishdi.
"RIA Novosti" xabariga ko`ra, Volga mintaqasida g`ayritabiiy sovuq ob-havo kuzatildi. Boshqirdiston, Udmurtiya va Orenburg viloyatida sinoptiklar 40 darajagacha sovuq bo`lishini taxmin qilmoqda.
Boshqirdistonda gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi mahalliy departamenti bo`ron haqida ham ogohlantirgan.
“8—10 yanvar kunlari respublika bo`ylab ba`zi joylarda qattiq sovuq, kechasi va ertalab havoning minimal harorati minus 40-42 darajagacha pasayishi kutilmoqda”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat bosh boshqarmasi xabarida.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Udmurtiya bosh boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha minus 30 dan minus 35 gacha bo`ladi, 11 yanvar kuni esa viloyat gidrometeorologiya markazida o`rtacha kunlik havo harorati etti va undan ortiq darajani tashkil qiladi.
O`zbekistonda ham 10-15 yanvar kunlari anomal sovuq kuzatilishi, havo harorati kechalari -12-17 daraja, shimolda tunda -17-22 daraja, Ustyurt va cho`l hududlarining ba`zi joylarida esa -25-27 daraja sovuq bo`lishi kutilyapti.






