AsosiyDunyo

Rossiyada  safarbarlikning ikkinchi bosqichi bo`ladimi?

'Rossiyada  safarbarlikning  ikkinchi bosqichi bo`ladimi?'ning rasmi

Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov safarbarlikning ikkinchi to`lqini ehtimoli haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda zamon.uzxabar bermoqda.

Peskov  bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan postlarga katta ahamiyat bermaslikka chaqirdi.

"Umuman olganda, Telegram kanallariga ahamiyat berishning hojati yo`q. Asosiy manba - bu Rossiya Federasiyasi Prezidenti boshchiligidagi rasmiy hokimiyat", — deya Peskovning so`zlaridan iqtibos keltiradi "Interfaks".

Ukraina harbiy razvedkasi ikki kun avval Rossiya hukumati yana 500 ming askarni safarbar etish niyatida ekanini ma`lum qilgandi. Razvedka ma`lumotlariga ko`ra,  yangi safarbarlik to`lqini 15 yanvar kuni qishki ta`tildan keyin e`lon qilinishi mumkin.

 Ma`lumot uchun:

Rossiya Mudofaa vazirligi safarbarlik 2022 yil 31 oktyabrda yakunlanganini e`lon qilgandi.

    Boshqa yangiliklar