"Uzbekistan Airways" 10 yanvardan boshlab "Toshkent – Pekin – Toshkent" yo`nalishi bo`yicha parvozlarni tiklaydi. Bu haqda kompaniya matubot xizmati xabar berdi.
Kompaniyaning ma`lum qilishicha, Xitoyga kirish uchun yo`lovchilarga viza va amal qilish muddati 48 soatdan ko`p bo`lmagan PSR-test natijasi kerak bo`ladi.