Ayni paytda ijtimoiy tarmoq orqali yurtimizga Turkiyadan keltirilgan qo`ylar kirib kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Unda ushbu qo`ylar cho`chqa bilan chatishtirilgani iddao qilingan.
Musulmonlar idorasi Fatvo markazi tarqatilgan shu kabi xabarlarga munosabat berdi.
Unda aytilishi, tarqatilgan videoda “Belteks” qo`y zoti ko`rsatilgan.
Hozirgi kunda dunyoda qo`ylarning 1000 dan ortiq zoti mavjud. Belteks qo`y turi ham xuddi mana shunday oddiy qo`y zoti. Bu qo`yning cho`chqaga hech qanday aloqasi yo`q.
Farazan ushbu qo`ylar boshqa hayvonlar bilan chatishtirilgan bo`lsa ham ulardan tug`ilgan qo`zilar shar`an go`shti halol hisoblanadi. Bu haqda fuqaholarimiz shunday deyishgan:
"Chatishtirilgan hayvonlar borasidagi umumiy qoida shuki, onasining zoti e`tiborga olinadi. Buni fuqaholar ko`p o`rinda ochiq aytganlar" ("Raddul muhtor" kitobi).






