O`z shaxsiga e`tiborni jalb qilish yo`lida shahzoda Garri ko`plab sirlarni ochib tashlamoqda. Uning navbatdagi shov-shuvi Amerika eshiklarini yopishi mumkin, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Gap shundaki, shahzoda bir vaqtlar kokain va galyusinasiyaga olib keluvchi qo`ziqorinlar iste`mol qilganini tan oldi.
AQSh qonunlariga ko`ra, mamlakat hududida bo`lish uchun viza individual asosda beriladi. Arizachining hoziri yoki o`tmishi viza berilmasligiga sabab bo`lishi mumkin.
Garri yoshlikda narkotik moddalar iste`mol qilganini o`z memuarlarida tan olgan.
The Mirror shahzoda Garri AQShda qaysi viza asosida yashayotgani noma`lumligi, ammo bu sportchi yoki san`atkorlarga beriladigan 3 yillik O-1 turdagi viza, degan taxminlar borligini yozmoqda. Bu esa britaniyalik tez orada vizasini uzaytirishi kerakligini anglatadi. Viza ololmasa, shahzoda mamlakatdan deportasiya qilinishi ham mumkin.






