Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida vrach ayovsiz kaltaklandi, mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni 14:30 larda Boysun tumani "Kosiblar" mahallasida joylashgan Boysun tumani tibbiyot birlashmasida shifokor vazifasida ishlovchi F.J ni fuqaro Sh.X urib tan jarohati etkazishi natijasida tan jarohati olib erga yiqiladi.
Ushbu holat yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida Sh.X, Sh.H, F.J ga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi va ekspertiza xulosasiga ko`ra F.J. (shifokor)ning olgan tan jarohati "engil" tan jarohati deb baholangan.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 10 yanvar kuni Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro Sh.H va Sh.X larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-modda 2-qismining «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.