AsosiyJamiyat

Farg`onada mashina o`g`rilari paydo bo`lgani aytilmoqda

'Farg`onada mashina o`g`rilari paydo bo`lgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida mashina o`g`rilari paydo bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Tarqalgan xabarlarga ko`ra, Qo`qon shahridagi "Chorsu" mahallasida dekabr oyi oxiridagi 4 kunlikda 3 ta mashina olib qochilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Qo`qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

"Holat to`liq nazoratga olingan. Natijasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar