AsosiyJamiyat

Qalin qor yog`ishi munosabati bekor qilingan va o`zgartirilgan samolyot reyslari e`lon qilindi

'Qalin qor yog`ishi munosabati bekor qilingan va o`zgartirilgan samolyot reyslari e`lon qilindi'ning rasmi

️Poytaxtdagi noqulay ob-havo sharoiti munosabati bilan quyidagi reyslarning parvozlar jadvaliga o`zgartirish kiritildi.

Unga ko`ra, 

  • HY23 (Toshkent-Buxoro) mahalliy vaqt bilan 14:06 da jo`nab ketdi;
  • HY55 (Toshkent-Urganch) mahalliy vaqt bilan 13:15 dan 16:30 ga ko`chirildi;
  • HY65/66 (Toshkent - Termiz) - bekor qilindi;
  • ️HY128 (Toshkent-Olma ota) mahalliy vaqt bilan 14:35 dan 21:10 ga ko`chdi;
  • HY303 (Toshkent –   Tel-Aviv) mahalliy vaqt bilan 15:15 dan 16:00 ga ko`chirildi;
  • HY201 (Toshkent-London) mahalliy vaqt bilan 13:45 dan 15:45 ga ko`chirildi;
  • HY763 (Toshkent-Olma ota) mahalliy vaqt bilan 16:15 dan 17:40 gacha harakatlandi.
  •  HY55 (Toshkent-Urganch) 10.01.2023 mahalliy vaqt bilan soat 13:15 dan 16:30 ga ko`chirildi;
  • ️ HY 56 (Urganch-Toshkent) 10.01.2023 mahalliy vaqt bilan soat 15:35 dan 18:40 ga o`zgartirildi.

Sh️uningdek, Samarqanddagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli 2023 yil 10 yanvar kuni “Uzbekistan Airways”ning HY72/71 (Farg`ona-Samarqand-Farg`ona) reysi bekor qilindi.

“Uzbekistan Airways”ning bekor qilingan ️ HY65 (Toshkent-Termiz) reysi yo`lovchilari ️ HY69 (Toshkent-Termiz) reysi bilan jo`nab ketishadi. Poytaxtdan rejalashtirilgan jo`nash vaqti 20:40.

    Boshqa yangiliklar