Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda.
Asosiy masalaga o`tishdan avval davlatimiz rahbari mamlakatimizga kirib kelgan sovuq havo ta`sirini betalafot o`tkazish choralariga to`xtalib o`tdi.
Barcha tuman va hududlarda tashkil etilgan shtablar uzluksiz ishlashi kerakligi, aholi ehtiyojlari tezkor hal etib borilishi shartligi ta`kidlandi. Ijtimoiy soha ob`ektlarini energiya va issiqlik bilan ta`minlashni alohida nazoratga olish zarurligi qayd etildi. Barcha darajadagi hokimlarga tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda yo`llarni tozalash ishlarini tashkil etish, transport vositalarining xavfsiz harakatini ta`minlash topshirildi. Barcha serqatnov yo`nalishlarda jamoat transportining uzluksiz harakati ta`minlanishi kerakligi ko`rsatib o`tildi. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati oldiga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo`yicha kunlik nazorat o`rnatib, joylardagi muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo`yildi.