AsosiyJamiyat

Navoiy, Buxoro Toshkent viloyati va Samarqandda sanoatdagi o`sish menga ma`qul emas — Prezident

'Navoiy, Buxoro Toshkent viloyati va Samarqandda sanoatdagi o`sish menga ma`qul emas — Prezident'ning rasmi

Bu haqdi davlat raxbari ayni damda davom etayotgan yig`ilishda ta`kidladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda .

Qoraqalpog`iston, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg`ona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolayotgani qayd etildi.

Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati etarlicha ishga solinmagan.Umuman, 20 ta tuman va shaharda sanoat ishlab chiqarish hajmi 2021 yilga nisbatan kamaygan.  

Farmasevtikada ishlab chiqarish 6 foizga kamaygan, import 2 milliard dollarga yaqinlashdi.  

Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot eksporti bor-yo`g`i 68 million dollarni tashkil etib, bu tarmoq salohiyatiga umuman to`g`ri kelmaydi.

Oziq-ovqat sanoatida o`tgan yilda ishlab chiqarish hajmi atigi 4,5 foizga o`sgan. Xorazm, Sirdaryo va Qashqadaryoda qayta ishlash quvvatlari pastligicha qolmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar