Yig`ilishda bir oy muddatda 2023 yilda sanoatni 14 foizga oshirish bo`yicha sanoat va investisiya dasturlarini qayta ko`rib chiqish vazifasi qo`yildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda:
- Samarqandda mineral o`g`it, Navoiyda quruq sianid tuzi va texnik gaz ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish;
- 1 iyunga qadar Pistali konida 6-gidrometallurgiya zavodini ishga tushirish;
- avgust oyida “Yoshlik-1” mis koni negizida 3-misni boyitish fabrikasi loyihasini yakunlashni ta`minlash topshirildi.
Avtomobilsozlik tarmog`ida o`sishni ta`minlash uchun 1 sentyabrga qadar:
- xususiy investorlarni jalb qilib, Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish;
- Andijonda zamonaviy quyuv sexini, Chirchiqda qishloq xo`jaligi mashinasozlik klasterini to`liq quvvatga chiqarish topshirildi.






