Bu haqda Prezident yig`ilishda ma`lum qildi.
Shuningdek, “G`ijduvon” va “Qo`qon” erkin iqtisodiy zonalari hududi kengaytiriladi. Qoraqalpog`iston va Qashqadaryoda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining filiallari tashkil etiladi.
Mutasaddilarga:
- 1 iyulga qadar sanoat zonalariga ajratilgan mablag`lar hisobiga infratuzilma masalasini hal etish;
- yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 1 ming 264 ta loyihani ishga tushirib, qo`shimcha 3 trillion so`mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni ta`minlash topshirildi.






