Bugun Prezident tomonidan alohida qaror imzolandi. Unga ko`ra, 2023 yilda to`qimachilik loyihalariga qo`shimcha 300 million dollar yo`naltiriladi. Shuningdek, charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xom-ashyo bo`yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun imzolangan yana bir muhim qaror bilan zargar tadbirkorlarga xom-ashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari berilmoqda.
Bu orqali ushbu tarmoqlarda 2,6 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirib, qo`shimcha 4,5 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.






