AsosiyJamiyat

Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshdi — Shavkat Mirziyoev

'Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshdi — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. 

Davlat rahbari hududlarga sanoat jadal kirib kelayotgani ta`kidlandi.

Masalan, Jizzaxda ilgari bo`lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo`ldi. Yoki, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo`yicha 19 ta yirik loyihalar amalga oshirildi. Namanganda yangi tashkil etilgan 54 ta kichik sanoat zonalari 2022 yilda 3 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqardi. Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshdi. Shunga qaramasdan, hudud va tarmoqlarning ishlatilmagan imkoniyat va salohiyati hali kattaligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar