AsosiyJamiyat

Vladimir Norov yangi lavozimga tayinlandi

'Vladimir Norov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Prezidentning tegishli farmoni bilan Vladimir Imomovich Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi.

Ma`lumot o`rnida:

Vladimir Norov 1955 yilda Buxoroda tug`ilgan. U turli yillarda turli mamlakatlarda elchi sifatida faoliyat ko`rsatgan. 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargacha  O`zbekiston tashqi ishlar vaziri bo`lib ishlagan.

2017 yilning mayida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor bo`lgan. 2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan.

2021 yil 31 dekabr kuni tashqi ishlar vaziri o`rinbosari, 2022 yil 9 sentyabr kuni tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgandi. Uning o`rniga xalq ta`limi vaziri lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Saidov tayinlangan.  

    Boshqa yangiliklar