Xovos tumani Mustaqillik mahallasi Turkiston ko`chasiga yo`naltirilgan o`rta bosimli D 89 mm bo`lgan gaz quvurini mashina urib yuborishi natijasida avariya yuzaga kelgan.
Bu haqda "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta`minoti filiali xabar berdi.
Natijada 200 ta xonadonda gaz ta`minoti uzildi. Hozirda avariyani bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
"Bu haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi" deyiladi xabarda.






