AsosiyJamiyat

Pensiya jamg`armasi aholiga murojaat bilan chiqdi

'Pensiya jamg`armasi aholiga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

O`zbekiston hududida havo harorati keskin tushib, anomal sovuq ob-havo kuzatilmoqda. 

Shu sababli, Pensiya jamg`armasi qariya va keksa yoshdagi fuqarolarni anomal sovuq ob-havo sharoitida uyda qolishlarini so`rab murojaat qildi.

«Hurmatli fuqarolar !

Ob-havo sharoitlari yaxshilangandan so`ng pensiya tayinlash uchun murojaat qilishni so`rab qolamiz. Bunda, kechroq murojaat qilish Sizning pensiyaga bo`lgan huquqingizga ta`sir qilmaydi, ya`ni pensiyalar pensiya yoshiga etgan sanadan tayinlab beriladi.

Bola tug`ilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi va fuqaronning vafoti munosabati bilan beriladigan dafn nafaqasi tayinlash uchun Pensiya jamg`armasiga murojaat qilmasdan, Xalq bankining istalgan filialiga borib, nafaqa puli olishingiz mumkinligini eslatib o`tamiz», deyiladi jamg`arma murojaatida.

Kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va modiy yordam tayinlangani yoki rad etilganligi sabablari to`g`risida fuqarolarning telefon raqamlariga SMS xabarlari yuborilgan.

Shuningdek, fuqarolar nafaqalarni rad etilishi sabablari to`g`risida batafsil ma`lumotlar olishlari uchun ma`lumotlar mahalla fuqarolar yig`inlariga etkazildi. Bunda, fuqarolar bu ma`lumotlarni Pensiya jamg`armasiga kelmasdan mahalla fuqarolar yig`inlariga yoki Pensiya jamg`armasining 11-40 «Ishonch telefoni»ga murojaat qilish orqali olishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar