1

Pol Uoker hayotligida notanish juftlikka 9000$ uzuk sovg`a qilgan, bilasizmi nega?

Dunyo 19.09.2016, 16:24
Teglar: Muhabbat, Aktyor
Pol Uoker hayotligida notanish juftlikka 9000$ uzuk sovg`a qilgan, bilasizmi nega?

2004 yilda Kayl Apxem va uning bo`lg`usi rafiqasi Kristen Santa-Barbaraning zargarlik do`konlaridan biriga brilliant uzuk izlash maqsadida tashrif buyurishdi. Ulardan tashqari do`konda yana bir haridor bor edi, ammo haridga berilib ketgandan yoshlar notanish insonga e`tibor berishmadi.

Do`kondagi uchinchi odam Kayl va Kristenga qimmatroq buyum harid qilishni tavsiya qildi, ammo bo`lg`usi kelin-kuyovlar qimmatbaho buyum harid qilishga cho`ntaklari ko`tarmasligini ma`lum qildi. Shunda Kayl va Kristen maslahat berayotgan haridor Pol Uoker ekanligini payqab qoldi. Kayl aktyorga armiyada xizmat qilishini va tez orada Iroqqa xizmatga ketishini, bundan avval esa unashuvlari munosabati bilan bo`lg`usi rafiqasiga qimmatbaho uzuk sovg`a qilish niyatidaligini so`zlab berdi.

Pol Uokker Kaylning askarligini eshitib yuz ifodasi o`zgarganligini xotirlaydi Kristen. Ammo shu kuni juftlik bunga hech qanday e`tibor qaratmay do`konni haridsiz tark etdi — brilliantlar ular uchun haddan ortiq qimmatbaho edi.

Ammo tez orada ularni sovg`a kutardi: do`kondan qo`ng`iroq bo`ldi va ulardan notanish inson tomonidan sovg`a tarzida qoldirilgan qiymati 9000 dollarlik uzukni olib ketish so`raldi. Yosh kelin-kuyov sovg`a kimdan ekanligini aniqlashga harakat qilganida, do`kon xodimlari sovg`a in`om etgan insonning ismini oshkor qilishdan bosh tortishdi.

Haqiqat 2013 yilda aktyorning vafotidan so`ng oshkor bo`ldi, o`shanda do`kon sotuvchisi Ayrin King bu hodisani yashirishdan foyda yo`qligini anglab etdi.

Ayrinning so`zlariga ko`ra, aktyor qizga uzuklardan biri yoqib qolganligi ammo qallig`ining ushbu uzukni olib berishga qurbi etmasligini bilib, Pol menejerdan ushbu buyumni uning hisobiga yozib, uni yoshlarga sovg`a qilish kerakligini so`radi. U hayotini tahlikaga qo`yib, Vatani uchun xizmat qilayotgan harbiy rafiqasiga qimmatbaho uzuk olib berishga qurbi etmayotganiga achindi va bu adolatsizlikka shu tariqa echim topdi.

Kayl va Kristen ularning sirli insoni kim ekanligini bilib olishdi. “Biz ushbu uzuk va uning tarixini avlodlarimizga etkazamiz”, deydi Kristen va Kayl.

 

Sharhlar

Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​BORIS G`OFUROV OTASI BILAN ALOQASI UZILGANI VA 40 YoShDA OILA QURGANI HAQIDA(EKSKLYuZIV)

26.07.2017, 15:43

Shunday aktyorlar borki, ularni ekranda ko`p ko`rmasak-da, ijro etgan rollari bilan yodimizda saqlanib qolishadi. Baxtiyor G`afurov. O`zbek tomoshabinlari uni ko`proq Boris G`afurov sifatida tanishadi. Spektakl,...
​“IShDAGI IShQ” FILMI QAHRAMONLARI BUGUNGI KUNDA(FOTO)

11.07.2017, 15:07

Barchamiz birdek sevib tomosha qiladigan “Ishdagi ishq” filmining suratga olinganiga 40 yildan oshdi. Biroq, mazkur film hamon sevimli, undagi qahramonlar qadrli...Sevimli kinokartinamizda rol ijro etgan...
​YoQUB AHMEDOV. AKTYoR BO`LIShNI ISTAGAN FUTBOLChI

11.07.2017, 14:10

Uchrashuvimiz mehmonini kinodagi katta-kichik rollari orqali yaxshi taniysiz. San`atga kirib kelguniga qadar esa u sportchi bo`lgan. So`zimiz chin. Jarohat olmaganida ehtimol bugun aktyor emas, futbolchi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1