AsosiyJamiyat

O`zbekistonda voyaga etmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlar amnistiyaga tushmaydi

'O`zbekistonda voyaga etmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlar amnistiyaga tushmaydi'ning rasmi

Muhokamalar portaliga "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi qonun loyihasi qo`yildi.

Unga ko`ra, 18 yoshga to`lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zo`rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga etmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Ularga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni engilrog`i bilan almashtirish qo`llanilmaydi.

Shuningdek, ayolni homilasini sun`iy tushirishga majburlash nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, 16 yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish,  unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun jazo  og`irlashtirilmoqda.

Bundan tashqari, shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma`lumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so`zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni ko`rsatuvchi harakatlar qilish uchun ma`muriy javobgarlik belgilanmoqda. 

Qonun loyihasida shaxsning hayoti va sog`lig`i, erkinligi, sha`ni va qadr qimmatiga, O`zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga etmaganlarga xizmat ko`rsatiladigan ta`lim  va sog`liqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar