AsosiyJamiyat

Xorijliklar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uchun O`zbekistonda yashash huquqini olish tartibi soddalashtirildi

'Xorijliklar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uchun O`zbekistonda yashash huquqini olish tartibi soddalashtirildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yangi tartibga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnomalarni ko‘rib chiqish va berishning umumiy muddati Qoraqalpog‘iston hududida va boshqa viloyatlarda 98 ish kunidan 68 ish kunigacha, ko‘rib chiqish bosqichlari esa 10 ish kunidan 8 ish kunigacha qisqartirilgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida esa 128 ish kunidan 68 ish kunigacha, ko‘rib chiqish bosqichlari esa 11 ish kunidan 8 ish kunigacha qisqargan.

Shuningdek, yangi bino xarid qilganlar boshqa ariza beruvchilarga qaraganda ikki baravar tezroq mamlakatda yashash huquqini qo‘lga kiritadi.  

Ma’lumot uchun, arizalar Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq onlayn tarzda ham berilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar