AsosiyJamiyat

Rafiq Nishonov vafot etdi

'Rafiq Nishonov vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston SSR Oliy kengashi prezidiumi raisi, O`zbekiston SSR Kommunistik partiyasi markaziy qo`mitasining birinchi kotibi bo`lgan Rafiq Nishonov 97 yoshida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda marhumning oilasiga yaqin o`zbek jurnalistikasi faxriysi Rahimjon Sultonov ma`lum qildi.

Ma`lumot  o`rnida:

Rafiq Nishonovich 1926 yil Bo`stonliq tumanida tug`ilgan. 1970 yildan Shri Lanka va Maldivda SSSRning Favqulodda va muxtor elchisi, SSSRning Iordaniyadagi elchisi bo`lgan.

1985–86 yillarda O`zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri, 1986–88 yillarda O`zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimida mehnat qilgan. 1988–89 yillarda O`zbekiston KP MQ 1-kotibi, 1989–91 yillarda esa SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar