AsosiyJamiyat

Bugun ham 4 ta viloyatda qor yog`ishi va harorat -12 bo`lishi kutilmoqda

'Bugun ham 4 ta viloyatda qor yog`ishi va harorat -12 bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda kuchsiz qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda ertalab kuchsiz qor yog`ishi mumkin, ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° sovuq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin, tuman tushadi. Qor ko`chish havfi bor. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar