AsosiyJamiyat

Andijonda fuqaroning uyi va "Damas" mashinasi yonib ketdi (video)

'Andijonda fuqaroning uyi va "Damas" mashinasi yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijonda bir oilaning uyi moshinasi bilan yonib ketibdi", sarlavhasi bilan video tarqaldi. FVV bu bo`yicha bayonot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 13-yanvar kuni soat 06:18 da Andijon viloyati Andijon tumani “Dehqon” MFY Barhayot ko`chasida joylashgan xonadonlarning birida yong`in sodir bo`lgan. Voqea to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar tushgan.

Shunga ko`ra 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 06:33 da voqea joyiga etib borib, yong`in 06:55 da bartaraf etilgan.  
Baxtsiz hodisa natijasida xonadonning 50 kv.m maydonda shift, tom va uy jihozlari hamda darvozaxonasida bo`lgan “DAMAS” avtomobili yonib zararlangan. Yong`indan uyining 120 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda uning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar