O`zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli ayni kunlarda tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kuzatilib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda.
Tijorat banklari ayozli kunlarda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirishda imkon qadar yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanishingizni tavsiya etmoqda.
Shuningdek, mijozlardan 24/7 ofislarining eshiklarini ochiq qoldirmasliklari so`ralmoqda. Bu shoxobchalardagi bankomat, kondisioner va boshqa texnik vositalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.






