AsosiyJamiyat

Anomal sovuq tufayli “Afrosiyob” poezdining Toshkent—Buxoro—Toshkent yo`nalishidagi uch kunlik 3 ta reysi bekor qilindi

'Anomal sovuq tufayli “Afrosiyob” poezdining  Toshkent—Buxoro—Toshkent yo`nalishidagi uch kunlik 3 ta reysi bekor qilindi'ning rasmi

O`zbekiston  bo`ylab  kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli,  yolovchi poezdlar harakat havfsizligini ta`minlash va yolovchilarni oz manzillariga etkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida,  766/765-sonli "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo`nalishidagi  “Afrosiyob”  yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlari qatnovlari  2023 yilning  13,14,15 yanvar kunlari  3 ta reysga bekor qilinadi.  Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yolovchilar  o`z  manzillariga  etib olish maqsadida  quyidagi  muqobil  yolovchi poezdlardan foydalanishlari mumkin:

  • 12-sonli "Toshkent – Buhoro" "Sharq";
  • 56-sonli "Toshkent – Buhoro – Xiva";
  • 58-sonli "Toshkent – Buhoro – Shovot";
  • 72-sonli "Toshkent – Buhoro – Olot";
  • 125-sonli "Andijon – Toshkent – Buhoro – Xiva";

Xarid qilingan chiptalarni temir yo`l chiptahonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin.

Chipta 100% qiymatda qaytariladi.  

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ rahbariyati yo`lovchilardan, kelib chiqgan noqulayliklar  uchun  uzr  so`raydi" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar