AsosiyJamiyat

“Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablar” tasdiqlandi

'“Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablar” tasdiqlandi'ning rasmi

Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining xabar berishicha, endilikda davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasini rasmiylashtirishda mazkur Namunaviy talablarga rioya etishlari lozim.

“Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Namunaviy talablar 13 yanvar kuni Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazildi.

– mehnat munosabatlariga kirishning umumiy qoidalari;

– mehnat shartnomasini rasmiylashtirishga doir talablar;

– mehnat shartnomasini tuzishda ko`rsatilishi lozim bo`lgan asosiy va qo`shimcha shartlar;

– mehnat shartnomasida belgilash mumkin bo`lmagan shartlar va boshqa asosiy qoidalar belgilandi.

Ish beruvchi va xodim o`rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishning yagona amaliyotini joriy qilish hamda inson resurslarini boshqarish bo`linmalari xizmatda foydalanishi uchun “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining Namunaviy shakli” ham tayyorlandi.

Mehnat shartnomasining namunaviy shaklini yuklab olish.

    Boshqa yangiliklar