AsosiyDunyo

"Mimino" filmi bosh qahramoni Vaxtang Kikabidze 84 yoshida vafot etdi

'"Mimino" filmi bosh qahramoni Vaxtang Kikabidze 84 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Sovet va gruziyalik aktyor, qo`shiqchi va kinorejissyor Vaxtang Kikabidze vafot etdi, deb xabar berdi Mtavari Arxi telekanali. 

"Aktyor 84 yoshida vafot etdi. So`nggi yillarda u og`ir kasal edi",–deyiladi xabarda.

Kikabidze 1938 yilda Tbilisida tug`ilgan. 1966 yilda "Orera" ansambliga (zarbli cholg`u asboblari, vokal) qo`shildi. Xuddi shu yilda u "Tog`lardagi uchrashuv" filmida debyut qildi va bir yildan so`ng Jorj Daneliyaning "Yig`lama!" filmida rol o`ynadi.

Kartagena xalqaro kinofestivalida eng yaxshi aktyor mukofotiga sazovor bo`ldi. Keyingi muhim film "Veriyskiy kvartalining ohanglari" kartinasi bo`ldi. 1977 yilda "Mimino" filmi chiqdi, unda aktyor uchuvchi Valentin Mizandari rolini o`ynadi.

    Boshqa yangiliklar