Avvalroq, Surxondaryodagi barcha ta`lim muassasalarida qishki ta`til yana uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.
Quyidagi viloyatlarda ham ta`til 18 yanvarga qadar uzaytirilgani rasman e`lon qilindi:
- Qoraqalpog`iston Respublikasi (maktab, bog`cha, oliy va o`rta maxsus);
- Toshkent shahri (maktab va bog`cha);
- Andijon (ta`lim muassasalari);
- Buxoro (maktab, bog`cha, oliy va o`rta maxsus);
- Namangan (maktab, bog`cha, oliy va o`rta maxsus);
- Sirdaryo (maktab va bog`cha);
- Surxondaryo (maktab, bog`cha, oliy va o`rta maxsus);
- Farg`ona (maktab va bog`cha);
- Xorazm (maktab va bog`cha);
- Toshkent viloyati (maktab);
- Qashqadaryo (maktab, bog`cha, oliy va o`rta maxsus).
Ta`til uzaytirildimi yoki ertaga darslar bo`ladimi, shu savolga rasman javob bermagan 3 ta viloyat hokimligi qoldi. Bular Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlari.






