AsosiyDunyo

Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaev sog`lig`i yomonlashgani sabab BMT sessiyasida ishtirok etmaydi

Bishkekdan Nyu-Yorkka yo`l olgan samolyot Otaturk aeroportiga qo`nib o`tishni rejalashtirilgan edi. Yo`lda Qirg`iziston prezidenti o`zini yomon his eta boshladi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati. Shu munosabat bilan prezident shoshilinch tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Almazbek Atambaev ko`krak qismidagi og`riqdan shikoyat qilmoqda. 

Tibbiy ko`rikdan so`ng shifokorlar prezident zudlik bilan chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tishi zarurligini ta`kidladi. 

Shifokorlarning dastlabki tashxisiga ko`ra, mamlakat rahbarida yurak kasalliklari alomatlari sezilgan. Shuning uchun Almazbek Atambaev tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi va bir muddat shifokorlarning nazorati ostida bo`ladi.     

BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida qatnashish uchun uchib ketayotgan Qirg`iziston Respublikasi delagisiyasiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Erlan Abdldaev boshchilik qiladi.

    Boshqa yangiliklar