Joriy yilning 15 yanvar kuni soat 14:50 da Xovos tumani “Qahramon” MFYda joylashgan 2 qavatli binoning 1-qavatida sodir bo`lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida 2 ta xonadonning qurilish konstruksiyalariga shikast etgan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv otryadi zudlik bilan etib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.
Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan.
"Holat haqida xabar topgan viloyat hokimi hamda tegishli mas`ullar ham voqea joyiga etib bordi va vaziyat to`liq nazoratga olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.






