"O`zgidromet"ning xabar berishicha, o`tgan haftada hududimizdagi g`ayritabiiy sovuq ob-havoni belgilagan Qozog`iston viloyatlari ustidagi sovuq antisiklon zaiflasha boshladi. Bu tendensiya kelgusi kunlarda ham davom etadi.
Bugun kunduzi O`zbekistonda havo harorati 3-8 daraja sovuq bo`ladi. Haftaning o`rtalarida kunlik harorat ko`tariladi.
3 daraja sovuq -2 daracha iliq, kechasi harorat 8-13 daraja sovuq bo`ladi.
Bu harorat ish haftasi oxirigacha saqlanib qoladi.
Bu kunlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo`ylab tuman tushishi mumkin.
"Respublika yo`llarida ayrim joylarda muzlik qoladi. Bundan tashqari, kunduzi havo harorati ko`tarilgach, uylarning tomidagi qor eriy boshlaydi, muzliklar paydo bo`ladi. Tashqariga chiqayotganda diqqatli va e`tiborli bo`ling.
16-yanvar kuni tog`li hududlarda qor ko`chkisi xavfi saqlanib qolmoqda", deyiladi xabarda.






