Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol IIO xodimini urib, nimagadir qarshilik ko`tsatayotgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan ma`lumot bergan Toshkent shahar IIBBga ko`ra, 12 yanvar kuni taxminan soat 18:00 larda Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko`chasidagi katta chorraxada 19 yoshli, asli Samarqand viloyatida yashovchi ayol ikki nafar bolasidan foydalanib tilanchilik qilgan.
Shu hududda xizmat olib boruvchi IIO xodimi unga bu ishni qilmasligini va yo`lning qatnov qismidan chetga o`tishi kerakligini aytganida, ayol xodim bilan gap talashib, urushib ketgan.
Aniqlanishicha, ayol muqaddam 11 marotaba tilanchilik qilgani uchun IIO xodimlari tomonidan ogohlantirilgan. Bundan tashqari, ikki nafar voyaga etmagan (kichigi 8 oylik) farzandidan foydalanib, ularning hayotini xavf ostiga qo`yib, yo`lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishiga halaqit qilib, tilanchilik bilan shug`ullangan.
IIB xodimlari uning voyaga etmagan farzandlari borligi va ulardan biri emizikli go`dak ekanligini inobatga olib, unga ogohlantirish berilgan.






