AsosiyJamiyat

Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o`tkazildi

'Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari  fuqarolarga yordam rejimiga o`tkazildi'ning rasmi

Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari  fuqarolarga yordam rejimiga o`tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

So`nggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq va uning oqibatlarini engillatish uchun Respublikamizdagi barcha davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning og`irini imkon qadar engillatish maqsadida qator qulayliklar joriy etildi.

Birinchi, fuqarolar biron ish bilan DXM yaqinida tashqarida turib  qolsalar – hatto DXMlarda ishi bo`lmasa ham – ichkariga kirib isinib olishlari mumkin: ularga bir piyola issiq choy, shinam kutish zallari hozir.

Ikkinchi, barcha DXM larga tashrif buyurayotgan  (Toshkent shahri mustasno) pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasi Damaslarda zarur hollarda avtobuslar bekati, shahar yoki tuman markazi, uyiga qadar etkazib qo`yish to`g`risida rahbariyat tomonidan topshiriq berildi.

Uchinchi,  barcha DXMlar energiyatejamkor rejimda ishlamoqda: kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga ma`lumot beruvchi tablolar ishlaydi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko`chaga chiqmay, uydan turib olish imkoniyatlari ham yana bir bor eslatiladi.

my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali uydan chiqmagan holda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Masalan, my.gov.uz orqali:

  • sanatoriylarda davolanish  yo`llanmasini olish;
  • masofadan turib bolani bog`chaga navbatga qo`yish va navbatni tekshirish;
  • nikohdan o`tishga onlayn ariza topshirish mumkin.

“Lisenziya” (http://license.gov.uz/) axborot tizimi orqali lisenziyalash va ruxsat berish hujjatlari uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli ma`lumotlarni olish, lisenziyalar reestridan ma`lumotlar izlash imkoniyatlari mavjud.

Biznesni new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda oson va tez boshlash imkoni yaratilgan.

 

    Boshqa yangiliklar