AsosiyJamiyat

Toshkent—Buxoro—Toshkent yo`nalishida "Afrosiyob" qatnovlari besh kunga bekor qilindi

'Toshkent—Buxoro—Toshkent yo`nalishida "Afrosiyob" qatnovlari besh kunga bekor qilindi'ning rasmi

"Afrosiyob" poezdining Toshkent—Buxoro—Toshkent yo`nalishida qatnovchi yana beshta reysi bekor qilindi. Bu haqda "O`ztemir yo`lyo`lovchi" matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, anomal sovuq ob-havo tufayli yo`lovchi poezdlar harakat xavfsizligini ta`minlash va ularni o`z manzillariga etkazishda noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida ushbu yo`nalishda 16, 17, 18, 19, 20 yanvar kunlari amalga oshirilishi lozim bo`lgan 5 ta reys bekor qilinadi.

Yo`lovchilar xarid qilingan chiptalarni temir yo`l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni esa "chipta.railway.uz" saytida qaytarishi mumkin. Chipta puli 100 foiz qiymatda qaytariladi.

"O`ztemir yo`lyo`lovchi" rahbariyati yo`lovchilardan mazkur vaziyatni to`gri baholab, tushunishlarini va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi"  deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar