Rossiyaning 8 ta hududidan o`qishini ko`chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro`yxati tasdiqlandi.
Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukraina bilan chegaradosh bo`lgan Rossiya (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim, Sevastopol) hududlaridagi oliy ta`lim muassasalaridan o`qishi O`zbekistondagi davlat oliy ta`lim muassasalariga ko`chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro`yxati tasdiqlandi (ilovada).
Ushbu ro`yxatga kiritilgan talabalar o`zlari hujjat topshirgan oliy ta`lim muassasasining o`qishni ko`chirish bo`yicha mas`ullariga uchrashishlari so`ralgan.
"Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro`yxatdan o`tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro`yxatda ism-sharifi keltirilmagan fuqarolar bo`yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo`shimcha ma`lumot e`lon qilinadi", deyiladi xabarda






