Buxoro viloyatida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib, Buxoro viloyatidagi mavjud barcha darajadagi ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya jarayonlari 18 yanvardan boshlanishi belgilangan edi.
Biroq joriy haftada ham ob-havoda pasayish kuzatilayotganligi, shuningdek, ota-onalarning talab va istaklarini inobatga olib, viloyatdagi maktabgacha, maktab va professional ta`lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o`quv yurtlarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, viloyatda o`quv mashg`ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.