Toshkent viloyatida ko`mirdan chiqqan is gazidan zaharlanib, er va xotin vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 12 yanvar kuni Chirchiq shahar, Ma`rifat MFYda yashagan, 1953 yilda tug`ilgan A.Sh. va uning turmush o`rtog`i 1963 yilda tug`ilgan X.Sh. uyini isitish maqsadida chala yongan ko`mirni yotoqxonasiga olib kirishganligi natijasida ko`mirdan chiqqan is gazidan zaharlanish natijasida dala hovlida vafot etishgan.
Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.