AsosiyJamiyat

IIV: “102” raqamiga o`tgan yilda 3 millionga yaqin qo`ng`iroq bo`ldi

'IIV: “102” raqamiga o`tgan yilda 3 millionga yaqin qo`ng`iroq bo`ldi'ning rasmi

Ichki ishlar organlarida “102” xizmati aholiga tezkor yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Eng avvalo, bu raqamga huquqbuzarlik, jinoyat holatlariga duch kelganda, qolaversa, boshqa yordam olish imkonsiz bo`lib qolgan vaziyatlarda qo`ng`iroq qilish mumkin.  

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari o`rinbosari, katta leytenant Nilufar To`raxonova ushbu tizim haqida batafsil tushuntirish berdi:  

– Ichki ishlar organlari tizimida tashkil etilgan, ta`bir joiz bo`lsa, “tez yordam” xizmati raqami ayni paytda – “102”. (Biroq, ayrim yoshi katta aholi vakillari gohida eski “02” raqamiga qo`ng`iroq qilishadi. Bu endi tarixda qolganini eslatib o`tamiz).    

Yangi “102” tizimi koll-markazlari 2020 yil sentyabr oyidan 2021 yil yakuniga qadar uch bosqichda ishga tushirildi. 2022 yil yakuni bo`yicha “102” – koll-markazi tomonidan qabul qilingan qo`ng`iroqlar soni – 2 million 864 ming 778 tani tashkil etdi.  

“102” tizimi zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va geoaxborot tizimlari bilan jihozlangan. Tizim yagona klaster va platformaga birlashtirilgan. Axborot xavfsizligi ta`minlangan bo`lib, domen nazorat tizimi bilan dasturiy-texnik himoyalangan.  

Tizimga nafaqat huquqbuzarlik va jinoyatlar, balki ko`makka muhtoj shaxslar, xususan, qariyalar ham qo`ng`iroq qilib turadi. Bunday vaziyatda xabarlar manzil bo`yicha profilaktika inspektorlariga etkaziladi va zaruriy yordam amalga oshiriladi.  

    Boshqa yangiliklar