1

Rasman: "UzAuto Motors" avtomobillarining narxi pasayadi

Jamiyat 17.01.2023, 20:31
Rasman: "UzAuto Motors" avtomobillarining narxi pasayadi

"UzAuto Motors" kompaniyasi 2023 yilning 17 yanvar sanasidan boshlab avval tuzilgan shartnomalar bo`yicha avtomobillarni etkazib berishni qayta tiklaydi. Bu haqda kompaniya telegram kanalida e`lon qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan avtomobillar narxi ham pasayadi.

Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq to`lovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qo`llaniladi.  

"Hurmatli xaridorlar, shartnomangiz bo`yicha avtomobil narxining qanchaga pasayganligi haqida ma`lumot olish uchun o`z dilerlik markazingizga murojaat qilishingizni so`raymiz",–deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1