Qishki ta`til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo`nalishiga qo`shimcha 1 ta reysga qatnovlar qo`yildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Poezd harakat jadvali quyidagicha:
2023 yilning 21 yanvar kuni 158-sonli “Toshkent – Termiz” yo`nalishi:
- Toshkent 21:42 – Termiz 11:41.
2023 yilning 22 yanvar kuni 157-sonli “Termiz – Toshkent” yo`nalishi:
- Termiz 15:10 – Toshkent 05:42.
Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, temir yo`l chiptaxonalaridan hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz






