AsosiyJamiyat

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rais tayinlandi

'“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rais tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 18 yanvar kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda tashkiliy masala ko`rilib, Toshkent shahridagi “Bo`ta buva” jome masjidi imom-xatibi Ziyovuddin domla Mirsodiqov “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ma`lumot o`rnida, Ziyovuddin domla Mirsodiqov ko`p yillardan buyon diniy sohada faoliyat olib borgan. U Toshkent viloyatidagi “Tursunmat qori”, “Eski Toshkent”, Andijon viloyatidagi “Jiddai Muborak”, Toshkent shahridagi "Yunusobod-Oq tepa" kabi jome masjidlarda imom-xatib vazifalarida ishlagan. Shuningdek, “Sayyid Muhyiddin Maxdum” va “Ko`kaldosh” madrasalari mudiri vazifalarida mehnat qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar