AsosiyJamiyat

Poytaxt ko`chalaridan yig`ilgan qor uyumlari Bo`rijar kanaliga tashlanayotgani aytildi. Tabiat resurslari vazirligi bunga nima deydi?

'Poytaxt ko`chalaridan yig`ilgan qor uyumlari Bo`rijar kanaliga tashlanayotgani aytildi. Tabiat resurslari vazirligi bunga nima deydi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda shahardagi qor uyumlarini Bo`rijar kanalining suvni muhofaza qilish zonasiga o`zboshimchalik bilan joylashtirilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Avvalroq, Darakchi.uz ga poytaxt aholisi tomonidan qor va muzlar chekka ko`chalarga tashlab ketilayotgani haqida videomurojaat kelgan edi.

Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi. 

Unda aytilishicha, holat bo`yicha davlat inspektorlari tomonidan tezkor o`rganishlar o`tkazilib, poytaxtimiz ko`chalaridan tozalangan qorlarni belgilanmagan hududlarga joylashtirish holatlari to`xtatildi. Vazirlikning maxsus analitik laboratoriyasi jalb etilib, tahlil uchun ifloslangan qorlardan namunalar olingan.  

O`rganish davomida tegishli tashkilotlarning xodimlari o`rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Kelgusida tozalash ishlarida hosil bo`ladigan qor va muzlarni belgilangan chiqindi poligonlariga chiqarish va joylashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi hamda bu kabi holatlarga qayta yo`l qo`yilmasligi nazoratga olindi.

"Ushbu holat yuzasidan laboratoriya tahlil natijalariga ko`ra, qo`shimcha ma`lumot berilishini ma`lum qilamiz",–deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar