Sobiq deputat Rusul Kusherbaev o`zining telegram kanalida kredit to`lovlarini cho`zish haqida taklif bilan chiqdi.
"Shu kunlarda banklardan kredit hisobiga tirikchilik uchun avtomobil, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish vositalarini olgan ko`plab fuqarolardan murojaatlar bo`lmoqda.
Asosiy muammo anomal sovuq natijasida gaz, elektrdagi cheklovlar va noqulay ob-havo sababli normal faoliyat olib bora olmaganliklari uchun yanvar oyi kreditini to`lash imkoniyati yo`qligi bilan bog`liq.
Shu bois, Markaziy bank bosh bu masalani o`rganib, pandemiya vaqtida bo`lgani kabi barcha tijorat banklariga kredit to`lovida yanvar oyi uchun kredit ta`tili berish yoki boshqa muddatga cho`zish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqishi zarur bo`ladi. O`z o`rnida tijorat banklari ham vaziyatni xolis baholab, kredit to`lovchilarga yanvar oyi to`lovi uchun shunday imtiyoz berishsa maqsadga muvofiq bo`lardi.
Bu ham qiyin vaqtlarda odamlarimiz uchun bir engillik, qo`llab-quvvatlash bo`ladi",–degan Kusherbaev o`z xabarida.






