Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining AFL236 yo`lovchi reysi Moskvadan Goa yo`nalishi bo`yicha uchayotgan vaqtida, mast holatda zo`ravonlik qilgan yo`lovchi sabab Urganch xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo`nishga majbur bo`ldi. Ekipaj samolyot bortiga milisiya hodimlarini so`ragan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Bortida 356 yo`lovchi bo`lgan Boeing 777-300 samolyoti mahalliy vaqt bilan 20:29 da favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Zo`ravon yo`lovchi reysdan olindi. Yaqin soatlarda havo kemasi Urganchdan manzil aeroportiga parvozini davom ettiradi.






