20 sentyabr kuni o`zbek estradasi vakillaridan biri Karen G`ofurjonov bo`ydoqlar safini tark etdi.
Xonandaning visol oqshomi Toshkentning «O`zbekiston» mehmonxonasida bo`lib o`tdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, kelinning ismi Sadoqat. Tantana o`zbek estradasi vakillari ishtirokida o`tdi.
Visol oqshomi bilan ularni Darakchi.uz tahririyati nomidan qutlab, ularga bitmas-tuganmas baxt tilab qolamiz!
Darvoqe, mazkur nikoh Karen G`ofurjonov uchun ilk nikoh sanaladi. U estrada vakillarining eng yoshi ulug` bo`ydoqlaridan edi.