Shvesiyalik o`ta o`ng qanot siyosatchi 21 yanvar, shanba kuni Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida o`tkazilgan namoyishda Qur`onni yoqib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Rossiya Federasiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi o`rinbosari, muftiy Rushan Abbyasov musulmonlar uchun muqaddas bo`lgan kitobni yoqishni satanizm deb atadi.
Musulmonlar uchun muqaddas kitob - Qur`onning Stokgolmda yoqib yuborilishi satanizmdir, Shvesiya hukumati islomofobiyaning ushbu harakatiga qat`iy javob berishi va unda ishtirok etganlarni javobgarlikka tortishi kerak.
Bu haqda shanba kuni TASS agentligiga Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi o`rinbosari muftiy Rushan Abbyasov ma`lum qildi.
“Rossiyadagi musulmonlar Shvesiyada sodir bo`lgan yana bir shakkoklikdan qattiq g`azabda. Muqaddas bitiklarni yoqish Evropada tobora ko`proq namoyon bo`layotgan, o`zining ma`naviy asoslarini tezda yo`qotayotgan satanizmdan boshqa narsa emas. Biz Shvesiya rasmiylarini islomofobiyaning ushbu aktiga keskin javob berishga va unda ishtirok etganlarni javobgarlikka tortishga chaqiramiz”, — dedi Abbyasov.
Uning ta`kidlashicha, shved radikallarining qilmishi ularning "aqliy zaifligi va ma`naviyasizligidan" dalolat beradi.
“Ular o`z nuqtai nazarini madaniyatli tarzda ifoda etish o`rniga, butun dunyo musulmonlarining his-tuyg`ularini og`ritadigan shunday jirkanch ishga botib ketishdi”, — deya qo`shimcha qildi Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi rahbari o`rinbosari.
Avvalroq musulmonlar uchun muqaddas kitobning namoyishkorona yoqib yuborilishi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi, Pokiston, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Quvayt tomonidan qoralangan edi.